Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi

U so‘ralgan pulning dastlabki $100 mingini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan

Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida yer maydonida turar joy qurilishini hujjatlashtirib berishni va’da qilib, $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1970-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan, qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanuvchi bir nechta korxona egasi murojaat qilgan fuqaroga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 9 gektarlik noturar joy obyektining 4 gektarida turar joy binolari qurilishini hujjatlashtirib berishni va’da qilgan.

Gumonlanuvchi Kadastr agentligida ishlaydigan mansabdor tanishlariga pora berish orqali qurilishni hujjatlashtirish va kelgusida hududda turar joylar qurishga ruxsat olib berishiga ishontirgan.

Buning evaziga u dastlab $100 ming, keyinchalik yana $740 ming, jami $840 ming talab qilgan.

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari Yunusobod tumanida tezkor tadbir o‘tkazgan. Gumonlanuvchi restoranlardan birida oldindan talab qilingan $100 mingni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (firibgarlik), shuningdek, 28 va 211-moddasi 3-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
Yangi Toshkentda $2,5 mlrdlik 10 ta yangi loyiha qurilishi boshlanadi
/
Yangi Toshkentda $2,5 mlrdlik 10 ta yangi loyiha qurilishi boshlanadi