Yil oxirigacha YeIBning mintaqaviy ofisi Toshkentda ish boshlaydi

Bank transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va suv ta’minoti tizimlarini yaxshilashga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda

Yil oxirigacha YeIBning mintaqaviy ofisi Toshkentda ish boshlaydi

Aprel oyida Yevropa investitsiya bankining O‘zbekistonda ofisini ta’sis etilishi haqida xabar berilgandi.

Bankning kreditlar bo‘yicha katta mutaxassisi Davide Mongutssi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qilishicha, 2025-yil oxiriga qadar Toshkentda Yevropa investitsiya bankining (YeIB) mintaqaviy ofisi ish boshlaydi.

Bu haqdagi memorandum aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitda imzolangan.

Biz nihoyat O‘zbekiston hukumati bilan shartnoma imzoladik. Bu bizga shu yil oxirigacha ofis ochish imkonini beradi, — dedi Mongutssi.

Bank infratuzilmani, jumladan, transport va suv xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Qoraqalpog‘iston va Samarqandda tirband va tor uchastkalarda yo‘l harakatini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Irrigatsiya, yo‘l qurilishi va temir yo‘l liniyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ham tashabbuslar ishlab chiqilmoqda. Bunda YeIB 400 dan ortiq muhandislardan iborat jamoasining tajribasiga tayanadi.

Mongutssi YeIB Yevropa Ittifoqining moliyaviy instituti sifatida barqaror infratuzilma bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi amaliyotlarini Markaziy Osiyoga o‘tkazishga intilayotganini ta’kidladi.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi