BYD 2027 yilga qadar O’zbekistonda 500 mingta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Buning uchun ular joriy zavodni modernizatsiya qilish yoki yangisini qurish niyatida

BYD 2027 yilga qadar O’zbekistonda 500 mingta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

BYD Uzbekistan Factory 2027 yilga kelib O’zbekistonda 500 mingta elektromobil va gibrid ishlab chiqarishga erishish niyatida. Bu haqda «Innoprom Markaziy Osiyo» Toshkentdagi ko’rgazmada BYD Uzbekistan Factory direktorining o’rinbosari Diyor Muxamedov ma’lum qildi.

2023 yil sentabr oyida Xitoyning BYD konglomerati O’zbekistonda elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish bo’yicha korxona tashkil etishni rejalashtirayotgani ma’lum bo’ldi.

Taxminan 2026-2027 yillarda 500 mingta avtomobil ishlab chiqarishga erishamiz deya umid qilamiz, — dedi Muhamedov.

Muhamedovning so’zlariga ko’ra ular bunga mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali yoki yangi zavod qurish orqali erishishadi. Muhamedov shunday dedi: «Biz hozirgi zavodni yangilaymiz yoki yangisini quramiz».

Hozirgi vaqtda kompaniya ushbu ko’rsatkichning 60%ga erishishni rejalashtirgan holda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ko’paytirish ustida ishlamoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«Promsvyazbank» O’zbekistonga telefon raqami orqali pul o’tkazmalarini ishga tushirdi
/
«Promsvyazbank» O’zbekistonga telefon raqami orqali pul o’tkazmalarini ishga tushirdi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi shu yil oxiridan boshlab Ai-91 va Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko’paytiradi
/
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi shu yil oxiridan boshlab Ai-91 va Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko’paytiradi
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi