O‘zbekistonda so‘m omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 17,4% gacha pasaydi

Aprel oyida milliy valyutadagi omonatlar daromadliligi yillik minimumga tushdi, eng yuqori stavkalar esa 23,5% gacha yetmoqda

O‘zbekistonda so‘m omonatlari bo‘yicha o‘rtacha stavka 17,4% gacha pasaydi

2026-yil aprel oyida O‘zbekistonda milliy valyutadagi omonatlar bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik stavkasi 17,4% gacha pasayib, so‘nggi bir yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaziy bank statistik ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyiga nisbatan so‘mdagi omonatlar daromadliligi 0,7% bandga kamayib, yillik 17,4% ni tashkil etgan. Bir yilgacha bo‘lgan qisqa muddatli omonatlar bo‘yicha stavkalar 15% gacha tushgan. Bir yil va undan ortiq muddatga joylashtirilgan omonatlar esa o‘rtacha 18,1% daromad keltirmoqda.

Uzoq muddatli omonatlar bo‘yicha nominal daromadlilik pasaygan bo‘lsa-da, aholi uchun ularning real daromadliligi (kutilayotgan inflyatsiya hisobga olingan holda) 8,4% ni tashkil etgan.

Kapital.uz tahririyati tijorat banklarining amaldagi takliflarini o‘rganib, jismoniy shaxslar uchun so‘mdagi eng yuqori stavkali omonatlar ro‘yxatini tuzdi.

Bank Omonat nomi Stavka
1 AVO bank AVO omonati 23,5% gacha
2 Anorbank BARQAROR 23% gacha
3 UniversalBank Baraka 22 22% gacha
4 Hamkorbank ISHONCH 22 22% gacha
5 Ipak Yo‘li banki Milliy 22% gacha
6 Agrobank Progress 21% gacha
7 TBC Bank Muddatli omonat 21% gacha
8 Ipoteka-bank DaroMax 21% gacha
9 BRB Kundalik daromad 21% gacha
10 Davr bank Muddatli 21% gacha

Korporativ segmentda ham o‘zgarishlar kuzatilgan. Korxonalar uchun so‘mdagi omonatlar bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik 15% ni tashkil etdi. Eng yuqori stavkalarni TBC Bank (21% gacha), O‘zsanoatqurilishbank va Kapitalbank (19% gacha) taklif qilmoqda.

Xorijiy valyutadagi omonatlar segmentida esa tiklanish tendensiyasi kuzatilmoqda. Umumiy daromadlilik 4,1% gacha yetgan. Jismoniy shaxslar uchun valyutadagi omonatlar o‘rtacha 4,9% daromad keltirmoqda. AQSh dollaridagi eng yuqori stavkalar Garant bank, Anorbank va Universal Bank tomonidan taklif qilinib, yillik 8% gacha yetadi.

Biznes subyektlari uchun valyutadagi omonatlar bo‘yicha sharoitlar ham yaxshilanib, o‘rtacha daromadlilik 2,8% ni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda MKBank (6,5% gacha) va O‘zsanoatqurilishbank (5% gacha) yetakchilik qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha asosiy xorijiy valyutalar arzonlashdi
Sergeli avto bozori atrofida harakatlanish sxemasi o‘zgartiriladi
/
Sergeli avto bozori atrofida harakatlanish sxemasi o‘zgartiriladi
Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasida ilk bor migratsiyaga oid bitim imzolandi
/
Shvetsiya va O‘zbekiston o‘rtasida ilk bor migratsiyaga oid bitim imzolandi