O‘zbekiston 2025-yil yanvar oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi
Jumladan, ommabop Cobalt va Onix modellarining narxlari arzonlashdi
![O‘zbekiston 2025-yil yanvar oyida ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi](https://kapital.uz/wp-content/uploads/2025/02/photo_2025-02-12_15-08-30.jpg)
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda 2024-yilning yanvar oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tahlilida ma’lum qilindi.
Jumladan, ommabop Cobalt va Onix modellarining narxlari arzonlashdi.
O‘rtacha foydalanilgan avtomobillar va ularning narxlari:
- Lacetti — $14,5 dan $14,3 ga arzonlashdi (-1,4%);
- Cobalt — $12,3 dan $12,0 ga arzonlashdi (-2,4%);
- Nexia — $11,4 dan $11,2 ga arzonlashdi (-1,8%);
- Spark — $10,3 dan $10,2 ga arzonlashdi (-1%);
- Damas — $8,0 dan $7,89 ga arzonlashdi (-1,4%).
Ko‘p foydalanilgan avtomobillar va ularning narxlari:
- Onix — $13,0 dan $12,8 ga arzonlashdi (-1,5%);
- Lacetti — $13,327 dan $13,095 ga arzonlashdi (-1,7%);
- Cobalt — $11,7 dan $11,5 ga arzonlashdi (-1,7%);
- Nexia — $10,5 dan $10,465 ga arzonlashdi;
- Spark — $9,3 dan $9,2 ga arzonlashdi (-1,1%);
- Damas — $7,3 dan $7,0 ga arzonlashdi (-4,1%).
Malibu va Equinox modellarining kam foydalanilgan variantlarida narx o‘sishi qayd etildi. Xususan, Malibu’ning kam foydalanilgan versiyasi 1,2%ga oshib, $30 000ga yetdi. Ammo o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan Malibu modellarida narx mos ravishda 2,1%ga va 1,6%ga pasaydi.
Xuddi shunday tendensiya Equinox’da ham kuzatildi – kam foydalanilgan variant 0,9%ga qimmatlashib, $34 308ga yetgan bo‘lsa, o‘rtacha foydalanilgan variant 1,6%ga arzonlashib, $30 000 bo‘ldi.
Elektromobillar bozorida ham yanvar oyida narxlarning tushishi kuzatildi. BYD E2 modeli yangi holatda 1,8%ga arzonlashib, $16 800 bo‘ldi. O‘rtacha foydalanilgan versiyasi 2,9%ga tushib, $15 500ga baholandi.
Xuddi shunday pasayish BYD Han, Song Plus DM-i Champion va Song Plus EV Champion modellarida ham kuzatildi. Masalan, BYD Han yangi holatda 0,9%ga arzonlashgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan variantlari 2,9%ga pasaydi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ