Yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar investitsiyasidan daromad olish 7,6%gacha sekinlashdi

Narxlari o‘sishdan deyarli to‘xtashi natijasida Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida daromad pasaygan

Yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar investitsiyasidan daromad olish 7,6%gacha sekinlashdi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi o‘rganildi.

Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib bormoqda. Xususan, joriy yilning yanvar oyida poytaxtda ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi 2024-yilning fevral oyidagi o‘rtacha 32,4%dan 7,6%gacha sekinlashdi.  

Mazkur davrda ko‘p qavatli uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi joylashgan hududi va xonalari soniga ko‘ra bir-biridan sezilarli darajada farqlanadi:

  • 1 xonali: Mirobod — -1,7% (2024-yil fevral — 53,0 %), Bektemir — 54,3% (46,8 %);
  • 2 xonali: Uchtepa — 2,6% (27,0 %), Yakkasaroy — 15,1% (24,2 %);
  • 3 xonali: Bektemir — -5,5% (33,7 %), Yakkasaroy — 10,4% (22,8 %);
  • 4 xonali: Bektemir — -7,3% (37,9 %), Chilonzor — 16,5% (19,8 %).

Uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan daromad. 

2024-yil fevral oyida uy-joy va ijara narxlarining nisbatan ko‘tarilishi (tushishi) hisobiga olinishi mumkin bo‘lgan foyda Yakkasaroy, Bektemir va Chilonzor tumanlarida mos ravishda o‘rtacha 16,1%ni, 26,9%ni va 15,4%ni tashkil etgan. 2025-yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkichlar 3,0%, 2,8% va 0,3%gacha pasaydi. 

Shuningdek, Toshkent shahrida uy-joy narxining o‘sishdan deyarli to‘xtashi va biroz arzonlashishi natijasida joriy yilning yanvar oyida uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Shayxontohur (35,8 %dan -0,8 %ga) va Yunusobod (30,4 %dan -3,4 %ga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygani kuzatildi.

Uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromad. 

Joriy yilning yanvar oyida uy-joylar ijarasidan olinadigan yillik o‘rtacha daromad Mirobod tumanida 10,0%ni (2024-yil fevral oyida – 10,4%), Mirzo Ulug‘bek tumanida 9,9%ni (10,6%), Shayxontohur tumanida 9,8%ni (11,6 %) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich ijara narxlari nisbatan arzonroq bo‘lgan tumanlar – Olmazorda 8,9%ni (9,4%), Uchtepada 8,9%ni (8,6%) va Sergelida  8,9%ni (8,4 %) tashkil qildi.  

Daromadlilik darajasi bo‘yicha investitsion jozibadorligi yuqori hisoblangan 1 va 2 xonali xonadonlardan daromad olish imkoniyatlari ham tushib bormoqda. 2024-yilning fevral oyida 1 va 2 xonali xonadonlarga yo‘naltirilgan investitsiyalarning daromadliligi mos ravishda 35,6%ni va 30,8%ni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yanvar oyida ushbu ko‘rsatkich 14,3% va 7,5%gacha tushdi. Mazkur davrda 3 va 4 xonali xonadonlar uchun daromadlilik ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaydi (mos ravishda 5,5% (2024-yil fevralida 33,0%) va 2,9% (30,3%)).

2024-yilning yarmidan boshlab uy-joyga investitsiyalar daromadliligi jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi depozitlardan olinadigan o’rtacha daromadlilikdan past darajada shakllanib kelmoqda. 2023-2024 yillarda chet el valyutasidagi bank depozitlari bo’yicha o’rtacha foiz stavkasi 5% atrofida shakllangan bo’lsa, milliy valyutadagi depozitlar bo’yicha stavkalar 21-22% atrofida o’zgarib turdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi