3.4.2025 | 16:34
2025-yilning dastlabki ikki oyida mamlakatga 552 mingta telefon import qilingan
Ularning umumiy qiymati $60 mlnni tashkil qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati $60 mlnga teng bo‘lgan 552 649 dona mobil telefon import qilingan.
O‘zbekiston 2025-yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p telefon import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 404 185 dona;
- Vetnam – 129 589 dona;
- Hindiston – 14 269 dona;
- BAA – 4 428 dona;
- Boshqa davlatlar – 178 dona.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ