“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini ishlab chiqaradi

Avtomobil 328 ot kuchiga ega turbodvigatelga ega bo'lib, narxi 795 mln so‘mni tashkil qiladi

“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini ishlab chiqaradi

“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse modelini taqdim etdi. Avtomobil mahalliy bozordagi keng salonli avtomobil ishqibozlariga mo‘ljallangan.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, avtomobilning tavsiya etilgan chakana narxi 795 mln so‘mni tashkil etadi, sotuvlar esa yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

Yangi Traverse uch qator o‘rindiqli krossover hisoblanadi. Avtomobil haydovchidan tashqari yana besh nafar yo‘lovchini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, kundalik foydalanish hamda uzoq safarlar uchun qulay yechim sifatida taklif etilmoqda. Keng salon va funksional joylashuv modelning asosiy ustunliklaridan biri hisoblanadi.

Texnik jihatdan Chevrolet Traverse 2,5 litrli to‘rt silindrli turbodvigatel bilan jihozlangan. Ushbu agregat 328 ot kuchiga ega bo‘lib, yuqori dinamika va barqaror harakatni ta’minlaydi. Kuch uzatish tizimi avtomobilning umumiy ishonchliligi va boshqaruvchanligini oshirishga qaratilgan.

Shuningdek, avtomobilning old va orqa qismlaridagi dizayn ham butunlay yangilangan. G‘ildirak disklari esa 18 dyuymni tashkil etadi.

Salon qismida 17,7 dyuymli markaziy multimedia displeyi hamda 11 dyuymli raqamli asboblar paneli o‘rnatilgan. Shuningdek, model Chevy Safety Assist xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanib, haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” kompaniyasi Damas va Cobalt modellarining yangi avlodini ishlab chiqarishni boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Damas miniveni ikki yangi versiyada — yo‘lovchilar uchun «Damas Move» va yuk-yo‘lovchilar uchun Damas Max sifatida ishlab chiqariladi. Yangi Damas oldingi modelga nisbatan kattaroq o‘lchamga, yuqori sig‘im va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘ladi.

Cobalt uchun ham modernizatsiya jarayoni amalga oshirilib, ikki yangi versiya — Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM taqdim etiladi. Ularda ilgari mavjud bo‘lmagan 12 ta yangi funksiya joriy qilingan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi