“Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida 12 ta mehmonxona ochildi

Ularning boshqaruvi “Leo Hospitality Solutions”, “Radisson Individuals”, “Trademark Collection by Wyndham” ga beriladi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida 12 ta mehmonxona ochildi

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida mehmonxonalar majmuasi qurildi. Kecha, 18-avgust kuni Prezident Mirziyoyev mazkur inshootlarni ko‘zdan kechirdi.

8 gektardan ziyod maydonda 12 ta zamonaviy mehmonxona, 375 o‘rinli “Yangi Toshkent” konferensiya zali, 310 o‘rinli restoran, sog‘lomlashtirish markazi hamda ochiq sport maydoni barpo etilgan.

Mehmonxonalarga Qoraqalpog‘iston va viloyatlar nomi berilgan. Ular 3 yulduzli bo‘lib, 5 qavatdan iborat, 62 ta xona va 124 o‘ringa ega. Majmua yagona konsepsiya asosida faoliyat yuritadi va uning boshqaruvi xalqaro tajribaga ega “Leo Hospitality Solutions”, “Radisson Individuals”, “Trademark Collection by Wyndham” kabi nufuzli kompaniyalarga topshiriladi.

Xususiy banklar shu kabi majmualar boshqaruviga sherik bo‘lib kirish taklifini bildirdi.

Majmuada 540 ta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga o‘rtacha 55 ming turistga xizmat ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
/
O‘zbekistonda suv va ichimliklarni raqamli markirovkalashning ikkinchi bosqichi to‘xtatildi
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
/
OIIB va ACWA Power Buxorodagi 300 MVtli shamol elektr stansiyasi uchun $107 mln ajratadi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda