O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

Kasanachi sifatida ishga joylashgan fuqarolar 3 yil muddatga foizsiz ssudalar olishi mumkin

O‘zbekistonda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi

O‘zbekistonda Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun yangi turdagi moliyaviy yordamlar joriy etiladi. Bu haqdagi qaror 14-fevral kuni Prezident Mirziyoyev tomonidan imzolangan

Xususan, ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga ular tomonidan tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi aniq loyihalar amalga oshirilishi uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdordagi subsidiya beriladi. 

O‘zini o‘zi band qilmoqchi bo‘lgan ishsiz fuqarolarni yoki kambag‘al oilalar a’zolarini kasanachi sifatida ishga olgan tadbirkorlarga ularning aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun har bir jalb qilingan kasanachi uchun BHMning 10 baravarigacha miqdordagi 3 yil muddatga foizsiz ssudalar ajratiladi. 

Kambag‘al oila a’zolari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga BHMning 50 baravarigacha miqdordagi 6 oydan 3 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar olishi mumkin. 

Bundan tashqari, kambag‘al oilalarga dehqonchilik va bog‘dorchilik tashkil qilish uchun dehqon xo‘jaliklariga suv quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini sotib olish, tomchilatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va elektr tarmoqlarini tortish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan BHMning 200 baravarigacha miqdordagi 5 yilgacha muddatga foizsiz ssudalar beriladi. 

Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, o‘z tajribasini 10 tagacha kambag‘al oilalarga o‘rgatgan va ularga doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashgan tadbirkorlarga har bir kambag‘al oila uchun BHMning 3 baravari, biroq BHMning 30 baravarigacha miqdordagi grantlar ajratiladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi