Apple iPhone 16E modelini taqdim etdi: qanday yangiliklar mavjud va qachon sotuvga chiqadi

Yangi arzon narxli model $599 dan boshlab sotuvga qo‘yiladi

Apple iPhone 16E modelini taqdim etdi: qanday yangiliklar mavjud va qachon sotuvga chiqadi

Apple yangi iPhone 16E – iPhone 16 lineykasidagi arzon modelni e’lon qildi. Qurilma narxi $599 dan boshlanadi. Ushbu model iPhone SE o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Smartfon Face ID bilan kattalashtirilgan ekran oldi va iPhone 16 va 16 Plus kabi A18 protsessoriga ega bo‘ldi, ammo «Uyga» tugmasi olib tashlangan. Orqa paneldagi asosiy kamera 48 MP o‘lchamga ega, old kamera esa displeyning yuqori qismiga o‘rnatilgan. Shuningdek, Apple Intelligence sun’iy intellekt tizimini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

iPhone 16E’ga ilk bor yuqori modellarda paydo bo‘lgan Action tugmasi va favqulodda vaziyatlarda xabar yuborish uchun sun’iy yo‘ldosh aloqasi imkoniyati qo‘shildi. Ishlab chiqaruvchi, shuningdek, qurilmaning avtonom ishlash vaqti uzayganini ta’kidlamoqda — bu iPhone 11’ga nisbatan olti soatgacha, iPhone SE’ning barcha avlodlariga nisbatan esa 12 soatgacha ko‘proq.

Smartfon 128, 256 va 512 Gb xotiraga ega qora va oq rangli versiyalarda ishlab chiqariladi. Quvvatlash ulagichi USB-C bilan almashtirildi, bu Yevropa Ittifoqi qonunchiligi talablariga javob beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi