Yangi Bank omonatchilariga kompensatsiyalarni Biznesni rivojlantirish banki to‘laydi

Mablag‘larni mobil ilova orqali, bank kassalaridan yoki boshqa bank hisobiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi

Yangi Bank omonatchilariga kompensatsiyalarni Biznesni rivojlantirish banki to‘laydi

Omonatlarni kafolatlash agentligi Yangi Bank omonatchilariga kompensatsiya to‘lash uchun Biznesni rivojlantirish bankini (BRB) bank-agent sifatida belgiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qaytariladigan mablag‘lar omonatchilar reyestri asosida, majburiy identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng to‘lanadi. Agentlik to‘lov jarayonida hech qanday qo‘shimcha komissiya undirilmasligini ta’kidladi. Kompensatsiyalarni to‘lash 2026-yil 28-yanvar atrofida boshlanishi rejalashtirilgan.

Jismoniy shaxslar mablag‘larni ikki usulda olishlari mumkin:

Onlayn tarzda — BRB mobil ilovasi orqali. Buning uchun ilovani yuklab olib, telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tish va MyID tizimi yordamida masofadan identifikatsiyadan o‘tish talab etiladi. Shaxs tasdiqlangach, “Omonatlarni kafolatlash agentligi” bo‘limida kompensatsiya summasi ko‘rinadi va uni istalgan bank kartasiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi.

Naqd pul shaklida — Biznesni rivojlantirish bankining xizmat ko‘rsatish markazlariga shaxsan murojaat qilish orqali.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mablag‘larni faqat BRB bo‘limlariga shaxsan borib olishlari mumkin. Ular hisob ochish yoki pulni boshqa bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish variantini tanlashlari mumkin.

Yuridik shaxslar uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  • Rahbarning pasporti yoki ID-kartasi;
  • Lavozimga tayinlash buyrug‘i yoki ishonchnoma;
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi;
  • Imzo namunalari (mavjud bo‘lsa);
  • Ta’sis hujjatlari;
  • Boshqa bank hisob raqami rekvizitlari (agar o‘tkazma tanlansa);
  • Korxona muhri.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • Pasport yoki ID-karta;
  • Davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi;
  • Hisob raqami rekvizitlari;
  • Muhr (mavjud bo‘lsa).

Shuningdek, omonatchilar o‘z xohishiga ko‘ra olingan kompensatsiya mablag‘larini Biznesni rivojlantirish bankida depozit hisobvaraqlariga joylashtirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi