“Yangi Bank” binosi qayta sotuvga qo‘yildi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi obyektning boshlang‘ich narxi 120 mlrd so‘m etib belgilangan

“Yangi Bank” binosi qayta sotuvga qo‘yildi

“Yangi Bank” AJning bino va inshooti e-auksion platformasi orqali sotuvga chiqarildi.

Obyekt Toshkent shahri Yunusobod tumani Minor mahallasi, Amir Temur shoh ko‘chasi, 99-uy manzilida joylashgan. Bino 2017-yilda qurilgan bo‘lib, 5 qavat va 47 xonadan iborat. Uning umumiy maydoni 3 648 kv.m, foydali maydoni esa 2 548,36 kv.mni tashkil etadi.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,2540 gektar, binoning qurilish osti maydoni 0,1017 gektarga teng.

Lot ma’lumotlariga ko‘ra, obyektning faoliyat turi ofis sifatida ko‘rsatilgan. Binoning holati “yaxshi” deb baholangan. Unda gaz, elektr ta’minoti, suv va kanalizatsiya mavjud. Servitut va temir yo‘l tarmog‘i mavjud emas.

Obyektning boshlang‘ich narxi 120 mlrd so‘m etib belgilangan. Ayni vaqtda zakalat miqdori 1,2 mlrd so‘mni, savdo bosqichi esa 6 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Bino iyun oyida ham sotuvga chiqarilgandi, o’sha vaqtda o‘chmas mulkning boshlang‘ich narxi 163,3 mlrd so‘m etib belgilangan. Hozirgi narx avvalgisidan 43,3 mlrd so‘mga arzonroq.

Lot bo‘yicha arizalar 2026-yil 5-oktabr soat 09:00 gacha qabul qilinadi. Savdo shu kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Eslatib o’tamiz, 2026-yil yanvar oyida O‘zbekiston Markaziy banki prudensial me’yorlarni muntazam ravishda buzish va rekord darajadagi moliyaviy yo‘qotishlar sabab Yangi Bankning litsenziyasini bekor qilgan edi.

Bank faoliyati to‘xtatilgan paytda uning taqsimlanmagan zarari 171 mlrd so‘mga yetgan, o‘z kapitali esa qonunchilikda belgilangan 500 mlrd so‘mlik minimal talabga nisbatan 182,9 mlrd so‘mgacha tushib ketgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin
/
Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin
Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
1-oktabrdan kichik biznes uchun kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi
/
1-oktabrdan kichik biznes uchun kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi