Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
Reyslar 2026-yil 28-oktabrdan haftasiga ikki marta amalga oshiriladi
Фото: Centrum Air
Centrum Air 2026-yil 28-oktabrdan Toshkentdan Shri-Lankaning janubidagi Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga (HRI, Hambantota) muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar mart oyining oxirigacha chorshanba va shanba kunlari haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Reyslarda Airbus A320 oilasiga mansub samolyotlardan foydalaniladi.
Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar narxi 4,3 mln so‘mdan boshlanadi. Chiptalarni Centrum Air rasmiy sayti va mobil ilovasi orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib o’tamiz, may oyida Centrum Air o‘n oltinchi samolyoti sotib olgani haqida xabar berilgandi. Yangi Airbus A320-214 MDH va Yaqin Sharq yo‘nalishlaridagi parvozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ