Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin

Ilova orqali amal qilish muddati tugayotgan kartalar haqida ma’lumot olish, bankka yangi karta chiqarish uchun ariza yuborish mumkin

Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (YIDXP) shaxsiy kabinetda foydalanuvchi nomiga ochilgan barcha bank kartalari, jumladan, jismoniy va bank ilovalaridagi virtual kartalar haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladigan bo‘lim paydo bo‘ldi. Bu haqda portal matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bo‘lim hozircha test rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan banklarning kartalarini qamrab oladi. “Tasdiqlangan” toifasida YIDXP bilan integratsiyani yakunlagan banklarning kartalari, “Tasdiqlanmagan” toifasida esa portal bilan texnik integratsiyani hali yakunlamagan banklarning kartalari ko‘rsatiladi.

Bo‘lim orqali amal qilish muddati tugayotgan kartalar haqida ma’lumot olish, shuningdek, bankka yangi karta chiqarish uchun ariza yuborish mumkin.

Portalda yana qanday imkoniyatlar paydo bo‘ladi

Kartalar haqidagi bo‘limning 1-oktabrdan foydalanuvchining telefon raqamlari haqidagi ma’lumotlar bilan birga ishga tushirilishi iyul oyida imzolangan prezident qarorida belgilangan. Hujjatda YIDXPga quyidagi funksiyalarni qo‘shish ham nazarda tutilgan:

  • ko‘chmas mulk va avtotransportni begonalashtirish, garovga qo‘yish yoki ipotekaga berishni taqiqlash va taqiqni bekor qilish;
  • telefon raqamini vaqtincha faolsizlantirish va keyinchalik qayta faollashtirish;
  • foydalanilmayotgan SIM-kartalarga xizmat ko‘rsatishdan voz kechish;
  • telefon raqamiga ulangan pullik xizmatlar haqida ma’lumot olish;
  • bankka kartani bloklash yoki yopish uchun ariza yuborish.

Bundan tashqari, portalda 1-sentabrgacha davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan virtual kartalarni ochish imkoniyatini ishga tushirish topshirilgan. Bunday kartalarni ochish, to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish uchun komissiya undirilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
1-oktabrdan kichik biznes uchun kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi
/
1-oktabrdan kichik biznes uchun kredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi
2027-yildan YIDXP orqali pensiyani naqd shaklda olishni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
/
2027-yildan YIDXP orqali pensiyani naqd shaklda olishni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi