Yangi Andijonda $300 mlnlik istirohat bog‘i va turar joy majmuasi quriladi

Loyiha ikki bosqichda amalga oshirilib, dastlab istirohat bog‘i va akvapark, keyin esa 750 ming kvadrat metrlik turar joy majmuasi barpo etiladi

Yangi Andijonda $300 mlnlik istirohat bog‘i va turar joy majmuasi quriladi

Yangi Andijon hududida zamonaviy istirohat bog‘i, akvapark va yirik turar joy majmuasini barpo etish bo‘yicha investitsiya kelishuvi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kelishuv O‘zbekistonning Sanderson City MCHJ rahbari Bobirbek Sohibov va Janubiy Koreyaning U&K Global kompaniyasi rahbari Lim Sang Xva o‘rtasida imzolangan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati $300 mlnni tashkil etadi. U ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich doirasida $45 mln investitsiya hisobidan Yangi Andijonda aholi va sayyohlar uchun zamonaviy istirohat bog‘i, shuningdek, xalqaro standartlarga javob beradigan suv attraksionlari va turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun dam olish hududlarini o‘z ichiga olgan akvapark barpo etiladi. Mazkur obyektlarni 2028-yil 21-mart — Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Loyihaning amalga oshirilishi Andijon viloyatining turistik jozibadorligini oshirish, ichki va xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, aholi uchun yangi dam olish maskanlarini yaratish hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ikkinchi bosqichda esa umumiy maydoni 750 ming kvadrat metr bo‘lgan zamonaviy turar joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihada zamonaviy shaharsozlik tamoyillari, qulaylik, xavfsizlik va yashash muhitining yuqori sifatiga alohida eʼtibor qaratilib, aholining kundalik ehtiyojlariga xizmat qiluvchi zarur ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini barpo etish ham nazarda tutilgan.

Foto: “Dunyo” AA

Eslatib o’tamiz, fevral oyida  prezident Mirziyoyev Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 2026-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Unda qayd etilishicha, 2026-yilda viloyatda $798 mlnlik loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

Jumladan, Asaka, Buloqboshi va Shahrixon tumanlarida charm-poyabzal, qurilish materiallari hamda dastgohlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 3 ta mikrosanoat markazi tashkil etiladi. 110 ta qishloq hamda 26 ta chegaraoldi va olis mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, kichik sovitkichli omborlar tashkil qilish va mikrosanoat loyihalari amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sherzod Xodjayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi
/
Sherzod Xodjayev O‘zbekiston energetika vaziri etib tayinlandi
Banklarning muammoli kreditlari olti oyda qariyb 5 trln so‘mga oshdi
/
Banklarning muammoli kreditlari olti oyda qariyb 5 trln so‘mga oshdi
Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi
/
Jizzax viloyatidagi AES qurilishi uchun O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma ishchi guruh tuzadi