Yangi Toshkent aeroporti 2065-yilgacha xususiy boshqaruvga topshiriladi

Loyiha bo‘yicha DXSh bitimi Toshkent xalqaro investitsiya forumida imzolandi

Yangi Toshkent aeroporti 2065-yilgacha xususiy boshqaruvga topshiriladi

Yangi Toshkent xalqaro aeroporti davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida xorijiy konsorsium tomonidan quriladi va boshqariladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kelishuv Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-2026) doirasida imzolangan. Investorlar tomonidan loyihada Saudiya Arabistonining “Vision Invest”, Yaponiyaning “Sojitz Corporation” hamda Janubiy Koreyaning “Incheon International Airport Corporation” kompaniyalari ishtirok etadi.

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida qurilish ishlari 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan. Aeroport majmuasining umumiy maydoni 1 310 gektarni tashkil etadi. Qurilish yakunlangach, investorlar obyektni 35 yil davomida boshqaradi, ya’ni aeroport 2065-yilgacha xususiy operatorlar tomonidan ekspluatatsiya qilinadi.

Loyihaning dastlabki bosqichida 208 ming kvadrat metr maydonga ega yo‘lovchi terminali, uzunligi 4 kilometrdan bo‘lgan ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi, dispetcherlik minorasi, yoqilg‘i infratuzilmasi va havo kemalari uchun 98 ta to‘xtash joyi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Xususiy sektor yo‘lovchi terminali va unga tutash hududni rivojlantirish hamda boshqarish bilan shug‘ullanadi. Aerodrom qismini qurish va saqlash majburiyati esa davlat zimmasiga yuklatiladi.

Tomonlar loyiha doirasida ijtimoiy va ekologik ta’sirni xalqaro institutlar standartlari asosida baholash, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalarini ko‘chirish bo‘yicha dastlabki tayyorgarlik ishlarini yakunlagan.

“Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Жавлонбек Умарxo‘jayevning ta’kidlashicha, loyiha davlat rahbari topshirig‘i va tegishli vazirliklar ko‘magida amalga oshirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi aeroport yo‘lovchi va yuk tashish ehtiyojlarini qondiradigan zamonaviy texnologik xabga aylanadi hamda xorijiy loyihalash va boshqaruv tajribalarini joriy etish imkonini beradi.

Ma’lum qilinishicha, ishlar jadvali allaqachon tasdiqlangan va muhandislik tarmoqlarini ko‘chirish joriy oy oxirigacha boshlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish zavodini ishga tushirildi
/
Toshkentda Volkswagen avtomobillarini yig‘ish zavodini ishga tushirildi
18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi
/
18-iyun kuni davlat tashkilotlari ishni soat 10:00 da boshlaydi
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi ilk premium turistik poyezd — Samarkand Express ishga tushiriladi