Toshkentdagi yangi aeroport 2028-yilda foydalanishga topshiriladi

Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi qurilish ishlarini 2025-yilda boshlashni rejalashtirmoqda

Toshkentdagi yangi aeroport 2028-yilda foydalanishga topshiriladi

Yaponiyaning “Sojitz” korporatsiyasi Toshkentdagi yangi aeroport qurilishini 2028-yilda tugatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nikkei nashri xabar bermoqda.

Loyiha qurilishi 2025-yilda boshlanishi aytilmoqda. Avgust oyida kompaniya prezidenti Kosuke Uemura $200 mln sarmoya kiritilishini ma’lum qilgandi.

O‘zbekistonda shuningdek, shifoxonalar, elektr stansiyalari kabi infratuzilma loyihalariga $1 mlrd miqdorida investitsiya kiritiladi, deb yozmoqda Nikkei

Rossiyaning Ukraina bosqini ortidan Markaziy Osiyo mamlakatlari G‘arb davlatlariga yaqinlashmoqda va Yaponiya kompaniyalarining mintaqaga kirib kelishi faollashib bormoqda.

Saudiya Arabistonining investitsiya va rivojlanish kompaniyasi “Vision Invest” bilan hamkorlikda davlat loyihalariga xususiy kapital va tajribani jalb etish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1-avgust kuni prezident Toshkent uchun yangi xalqaro aeroport qurilishi bo‘yicha qaror qabul qilgandi. Loyiha doirasida aeroport birinchi bosqichda yiliga $20 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish, bir vaqtda 169 ta samolyotni joylashtirish, soatiga 40 dan ortiq parvozni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Humo to‘lov tizimi faoliyatida tungi uzilishlar kutilmoqda
/
Humo to‘lov tizimi faoliyatida tungi uzilishlar kutilmoqda
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston YAIMi 2026-yilda 8%ga o‘sadi
/
Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston YAIMi 2026-yilda 8%ga o‘sadi
Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi
/
Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi