Raqobat qo‘mitasi Yandex Go kompaniyasiga qarshi Uzum Market shikoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi

Kompaniya Yandex Market reklamasi tufayli adolatsiz raqobatda gumon qilinmoqda

Raqobat qo‘mitasi Yandex Go kompaniyasiga qarshi Uzum Market shikoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Yandex Go’ga qarshi Uzum Market shikoyati bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.

Qo‘mitaga Uzum Market’dan Yandex Go harakatlari yuzasidan shikoyat kelib tushgan. Murojaatnomada aytilishicha, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama roligida YandexGo UB adolatsiz raqobatga yo‘l qo‘ygan va Uzum Market’ning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazgan.

Dastlabki ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, qo‘mitaning maxsus komissiyasi “raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasi buzilganligi sababli YandexGo UB bilan bog‘liq ish qo‘zg‘atdi.

Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi