O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 19 mingtadan oshdi

Yetakchi investor davlatlar qatorida Xitoy va Rossiya yetakchilik qilmoqda

O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 19 mingtadan oshdi

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 19 072 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ushbu korxonalarning 4 392 tasi qo‘shma, 14 680 tasi esa to‘liq xorijiy korxonalar hisoblanadi.

So‘nggi besh yil davomida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,4 barobar oshgan. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning umumiy tarkibdagi ulushi 55,5% dan 77% gacha ko‘tarilgan.

Mamlakatda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar quyidagilar:

  • Xitoy — 5 398 ta;
  • Rossiya — 3 260 ta;
  • Turkiya — 2 186 ta;
  • Qozog‘iston — 1 240 ta;
  • Janubiy Koreya — 714 ta;
  • Afg‘oniston — 655 ta;
  • Ozarbayjon — 442 ta;
  • Tojikiston — 427 ta;
  • BAA — 425 ta;
  • Hindiston — 398 ta.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi kun ketma-ket pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikkinchi kun ketma-ket pasaydi
Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi
/
Humans rahbari xalqaro qidiruvga berildi