O‘zbekistonda xizmat provayderlari soni 16 tani tashkil qilmoqda

Shuningdek, ILMA sug‘urta faoliyatiga oid 5 ta litsenziya bekor qilgan

O‘zbekistonda xizmat provayderlari soni 16 tani tashkil qilmoqda

2025-yil fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 16 ta xizmat provayderi mavjud. O‘tgan yilning ayni vaqtida 15 ta, 2023-yilda esa 14 provayder faoliyat ko‘rsatgan. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lum qildi

Xizmat provayderlari o‘rtasida, eng ko‘p tarqalgan xizmatlar «Kripto-birja» sohasida joylashgan bo‘lib, ularning soni 11 ta tashkil etadi. «Kripto-depozitariy» xizmatlarini ko‘rsatuvchilar soni 3 tani tashkil etsa, «Kripto-do‘kon» xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar soni esa 2 ta.

Shuningdek, davlat budjetiga tushgan mablag‘lar hajmi ham sezilarli o‘sgan. 2024-yilga kelib davlat budjetiga 43,5 trln so‘m, oylik miqdorda esa 13 trln so‘m mablag‘lar tushgan.

2024-yilning fevralda sug‘urta tashkilotlarining umumiy soni 33 ta bo‘lib, sug‘urta brokerlarining soni 11 taga yetgan. 2020-yilda sug‘urta mukofotlari miqdori 2,21 trln so‘mdan 2024-yilda 9,77 trln so‘mgacha oshgan. 

2020-yilda sug‘urta sohasida investisiyalar hajmi 3,38 trln so‘mni tashkil etgan investisiyalar 2024-yilda 6,54 trln so‘mga yetdi.

2024-yil fevralda sug‘urta tashkilotlari va sug‘urta brokerlari faoliyatini amalga oshirish uchun jami 2 ta yangi litsenziya berildi. Shuningdek, 2 ta sug‘urta tashkiloti litsenziyasini kuchaytirib, yangi sug‘urta klassi bo‘yicha o‘zgartirish kiritdi. 4 ta sug‘urta tashkiloti va 1 ta sug‘urta brokerining litsenziyasi qayta rasmiylashtirildi, 4 ta aktuar mashg‘ulotlari malaka sertifikati berildi.

Bundan tashqari, sug‘urta faoliyatiga oid 5 ta litsenziya bekor qilindi. Bozorda sug‘urta kompaniyalari tomonidan keltirilgan sug‘urta xizmatlari ishtemolchilarining huquqlari himoya qilindi. 12 ta sug‘urta kompaniyasiga nisbatan jami 826 mln. so‘m miqdorida jarimalar joriy qilindi.

2024-yil davomida sug‘urta sohasida jami 4 648 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 2 193 tasi bo‘yicha 34,6 mlrd. so‘m undirilgan. Shu bilan birga, 2 311 ta murojaat bo‘yicha tushuntirishlar berilgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi