Energetika vaziri: O‘zbekistonga Xitoydan mobil podstansiyalar keltiriladi

Shuningdek, Xitoy bilan GAES qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan

Energetika vaziri: O‘zbekistonga Xitoydan mobil podstansiyalar keltiriladi

Avval xabar berganimizdek, 2-sentabr kuni Pekin shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida energetika sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinganini aytdi. Gap, jumladan, qo‘shma investitsiya loyihalari va Markaziy Osiyo energiya tizimi tajribasidan kelib chiqib, boshqa hududlar bilan hamkorlikni kengaytirish takliflari haqida ketmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning energetika sohasidagi eng yirik ham investitsion, ham texnologik hamkori hisoblanadi. Chunki mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalarning katta qismi Xitoydan bo‘lsa, energetika uchun kerakli zamonaviy texnologik uskunalar ham asosan shu mamlakatdan yetkazib berilmoqda.

Mirzamahmudov, shuningdek, Xitoy bilan gidroakkumulyatsion elektr stansiyalari (GAES) qurish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Bu tizim litiy-ionli batareyaga asoslangan bo‘lib, gidroelektr stansiyalaridan oqib chiqqan suvni qayta omborga yig‘ish va zarur paytda qo‘shimcha energiya ishlab chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, ikki tomon yangi elektr tarmoqlarini qurish masalasida ham kelishib oldi.

Toshkent shahrida elektr ta’minotini barqarorlashtirish uchun esa Xitoydan ko‘chma, mobil podstansiyalar olib kelinadi. Ular doimiy podstansiyalar ta’mirlanayotgan vaqtda zaxira sifatida qo‘llanadi.

Yana bir muhim yo‘nalish sifatida China Datang Corporation bilan kadrlar tayyorlash loyihasi belgilandi. Uning doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha maxsus o‘qitiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi