Xitoy kompaniyasi Yangiyo‘lda $75 mlnlik chiqindilarni qayta ishlash korxonasi quradi

Loyiha beshta qo‘shni tuman hududlarini ham qamrab oladi

Xitoy kompaniyasi Yangiyo‘lda $75 mlnlik chiqindilarni qayta ishlash korxonasi quradi

O‘zbekiston va “Beijing China Science Runyu Technology Environmental Co. Ltd” Yangiyo‘l shahrida $75 mlnlik chiqindilarni qayta ishlash zavodini qurish yuzasidan memorandum imzoladi. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi

Loyiha faqat Yangiyo‘lni emas, balki yana beshta qo‘shni hududni — Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlarini ham qamrab oladi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgan va ishchi guruh shakllantirilgan.

Yangiyo‘l hokimi Ravshan Raimov boshchiligidagi delegatsiya va kompaniya vakillari o‘rtasidagi uchrashuvda qurilish-montaj ishlari va chiqindilarni tashish uchun 100 dona maxsus texnika yetkazib berish masalalari kelishib olindi. Mazkur loyiha doirasida 250 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
/
Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
/
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi