O‘zbekiston “Wizz Air” aviakompaniyasi bilan parvozlar geografiyasini kengaytirishni rejalashtirmoqda
Yil oxiriga qadar Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etiladi
Kecha, 20-fevral kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov “Wizz Air” aviakompaniyasi bosh direktori Yojef Varadi hamda Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda “Wizz Air” aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistondan Yevropaga va O‘zbekiston orqali tranzit havo qatnovlari geografiyasini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Transport vaziri I.Maxkamov “Wizz Air” aviakompaniyasiga O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish va joriy yil oxirigacha Toshkent – Budapesht – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reysni tashkil etishni taklif qildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ