Wildberries O‘zbekistonda taksi xizmatini ishga tushirmoqda

Xizmatdan dastlab kompaniya xodimlari va hamkorlari foydalanadi

Wildberries O‘zbekistonda taksi xizmatini ishga tushirmoqda

Wildberries O‘zbekistonda o‘zining WB Taxi xizmatini texnik jihatdan ishga tushirish boshlanganini e’lon qildi. Dastlab, loyiha «yopiq klub» sifatida faoliyat yuritadi, bu esa kompaniyaga ishga tushirishni nazorat qilish va mijozlarga eng qulay sharoitlarni taqdim etish imkonini beradi.

Dastlabki bosqichda xizmat Wildberries’ning xodimlari va hamkorlari uchun ko’rsatiladi

Yangi xizmatni sinovdan o‘tkazadigan foydalanuvchilarning birinchi guruhiga marketpleys xodimlari va hamkorlari kiradi. Ularga qulay narxlar, mashinani tez yetkazib berish va yo‘l haqi summasining 50%i miqdorida keshbek taqdim etiladi. Keshbeklar “tarvuz” nomli firma virtual valyutasida naqd pulsiz to‘lovlar uchun beriladi.

WB Taxi haydovchilarga qulay hamkorlik shartlarini ham taklif etadi. Asosiy afzalliklariga agregatorning past komissiyasi va sifat standartlariga rioya qilgan holda ish o’rni uchun kafolatlangan maosh kiradi.

WB Taxi rahbari Anatoliy Smorgonskiy aytishicha, , yopiq formatdagi start xizmatning barcha elementlarini sinchiklab kuzatishga imkon beradi. Foydalanuvchilar fikri esa servisini yanada takomillashtirish va keyinchalik kengaytirishga yordam beradi.

Keyingi bosqichlarda WB Taxi faoliyat hududini kengaytirib, keng jamoatchilik uchun ochiq bo’lishi rejalashtirilmoqda

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi