Amerikaning VR Capital fondi Uzum’ga 300 mlrd so‘m ajratdi

Ushbu mablag‘lar kompaniyaning fintex yo‘nalishi va raqamli bank infratuzilmasining tezlashtirilgan rivojiga yo‘naltiriladi

Amerikaning VR Capital fondi Uzum’ga 300 mlrd so‘m ajratdi

AQShning investitsiya kompaniyasi VR Capital Uzum ekotizimining moliyaviy xizmatlarini kengaytirish uchun investitsiya kiritdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning eng yirik raqamli platformasi rivojlanayotgan bozorlarga ixtisoslashgan dunyoning yetakchi investorlaridan biridan mablag‘ jalb qildi. Bu — tomonlar o‘rtasidagi 2025-yildagi ikkinchi hamkorlik bitimi bo‘lib, xorijiy investorning mamlakat raqamli iqtisodiyoti istiqbollariga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Jalb qilingan moliyalashtirish fintex sektorini kengaytirishga, xususan to‘lov tizimlarini takomillashtirish, onlayn bank xizmatlari va iste’mol kreditlash bo‘yicha mahsulotlarni rivojlantirishga sarflanishi rejalashtirilgan. Mazkur bitim, shuningdek, transchegaraviy investitsiyalar o‘sib borayotgan bir paytda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi biznes aloqalarining mustahkamlanayotganini ham ko‘rsatib turibdi.

VR Capital Group prezidenti Richard Deitz ekotizimning rivojlanish sur’atlarini yuqori baholab, fintex yo‘nalishini mahalliy infratuzilmaga tayangan holda keng miqyosda o‘sishi mumkin bo‘lgan yuqori texnologiyali biznes namunasi sifatida qayd etdi. Fond vakillari mintaqadagi raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlashda davom etish niyatida ekanini bildirdi.

Uzum asoschisi Jasur Jumaev jalb qilingan kapital milliy miqyosda qulay moliyaviy infratuzilmani tezroq shakllantirishga yordam berishini ta’kidladi. Shuningdek, u moliya milliy valyutada — so‘mda — ajratilganini qayd etib, bu holat so‘mning xalqaro korporativ hisob-kitoblardagi rolining ortib borayotganini ko‘rsatishini aytdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi