Markaziy depozitariy Markaziy bankda vakillik hisobvarag’ini ochdi

Bu bitimlar samaradorligini oshirishga va ko'proq investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi

Markaziy depozitariy Markaziy bankda vakillik hisobvarag’ini ochdi

O’zbekiston Prezidentining farmoniga binoan qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi Markaziy bankda vakillik hisobvarag’i ochdi. Bu haqda regulyatorning matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bankda hisob raqamini ochish va banklararo to’lov tizimiga ulanish orqali qimmatli qog’ozlarning Markaziy depozitariysi kapital bozori bilan bog’liq operatsiyalarni tezda amalga oshirishi mumkin.

Ushbu qadam xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi, chunki u kapital bozoridagi bitimlar bo’yicha hisob-kitoblarni tezlashtiradi va yanada ishonchli qiladi.

Markaziy bank orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyati kapital bozorini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun tobora ko‘proq investitsiya talab etilmoqda
/
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun tobora ko‘proq investitsiya talab etilmoqda
O‘zbekistonda firibgarlik oqibatida fuqarolar 278 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
/
O‘zbekistonda firibgarlik oqibatida fuqarolar 278 mlrd so‘m zarar ko‘rdi
Toshkentda renovatsiya doirasida mulkdorlarga avvalgisidan 1,5 barobar katta uy berilishi mumkin
/
Toshkentda renovatsiya doirasida mulkdorlarga avvalgisidan 1,5 barobar katta uy berilishi mumkin