“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa oshdi

2026-yilning birinchi choragida kompaniya sof daromadi 478,9 mlrd so‘mga yetdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning sof foydasi ikki barobardan ko‘proqqa oshdi

Aprel oyining oxirida “O‘zbekiston temir yo‘llari” 2026-yil birinchi choragi bo‘yicha moliyaviy hisobotini Korporativ axborot yagona portalida e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida kompaniyaning sof tushumi 4,76 trln so‘mni tashkil etib, 2025-yilning shu davriga nisbatan 21,3% ga oshgan. Yalpi foyda esa 44,4% ga o‘sib, 1,49 trln so‘mga yetgan. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi 13% ga oshib, 3,26 trln so‘mni tashkil qilgan.

Asosiy faoliyatdan olingan foyda deyarli 50% ga ko‘payib, 1,06 trln so‘mdan oshgan. Biroq asosiy faoliyat bo‘yicha boshqa daromadlar uch baravarga qisqarib, 284,8 mlrd so‘mdan 99,3 mlrd so‘mga tushgan.

Kompaniyaning sof foydasi esa ikki barobardan ko‘proqqa oshib, 227,5 mlrd so‘mdan 478,9 mlrd so‘mga yetgan.

Shuningdek, hisobot davrida davlat kompaniyasining valyuta kurslari farqidan olgan daromadi 145,2 mlrd so‘mgacha, moliyaviy faoliyatdan tushgan daromadi esa 160,3 mlrd so‘mgacha kamaygan. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishlardagi zarar miqdorini qisqartirishga erishilgan — ko‘rsatkich 294,8 mlrd so‘mdan 269,4 mlrd so‘mgacha pasaygan.

Bundan tashqari, birinchi chorakda kompaniyaning umumiy xarajatlari 15,9% ga kamayib, 536 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shundan 8,28 mlrd so‘m realizatsiya xarajatlari, 159 mlrd so‘m ma’muriy xarajatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan, boshqa operatsion xarajatlar esa 368,6 mlrd so‘mgacha qisqargan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda chet el valyutasiga talab $20 mlrddan oshdi
/
O‘zbekistonda chet el valyutasiga talab $20 mlrddan oshdi
O‘zbekistonda chet elliklar xorijdagi daromadlari uchun soliq to‘lashdan ozod etiladi
/
O‘zbekistonda chet elliklar xorijdagi daromadlari uchun soliq to‘lashdan ozod etiladi
Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi
/
Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi