O‘zbekiston va Rossiya qiymati qariyb $6 mlrdlik qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda

Hozirda O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi Rossiyaning 50 dan ortiq subyekti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan

O‘zbekiston va Rossiya qiymati qariyb $6 mlrdlik qo‘shma loyihalar ustida ishlamoqda

O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi hamkorlik portfelida umumiy qiymati qariyb $6 mlrd bo‘lgan 200 dan ortiq qo‘shma loyiha mavjud. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.

6-oktyabr kuni Farg‘onada Rossiya va O‘zbekiston hududlari kengashining III yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi, Rossiyaning 17 ta hududi hamda ikki mamlakatdan 400 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hududlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, savdo va investitsiyalarni oshirish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirda O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi Rossiyaning 50 dan ortiq subyekti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Qo‘shma kooperatsiya portfeliga 200 dan ortiq loyiha kiradi.

Bularning barchasi hududlar strategik vazifalarni amalga oshirishda hamkorligimizning mustahkam asoslaridan biri ekanini tasdiqlaydi, — dedi Jamshid Xo‘jayev.

Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturovning ma’lum qilishicha, 2026-yil boshidan buyon Rossiya va O‘zbekiston hududlari ishtirokida qariyb 100 ta qo‘shma tadbir o‘tkazilgan.

Xususan, aprel oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasida Rossiyaning 60 dan ortiq hududi hamda O‘zbekistonning barcha 14 ta hududi ishtirok etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sentabr oyida $5,5 mlrdga kamaydi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiradi
/
Ta’lim va ilm-fan vazirligi ta’limning barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiradi
Wildberries UzPost’ga 360 mlrd so‘mlik foizsiz kredit ajratishi mumkin
/
Wildberries UzPost’ga 360 mlrd so‘mlik foizsiz kredit ajratishi mumkin