“UzAuto Motors” ning sof foydasi bir yil ichida deyarli ikki baravar kamaydi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, kompaniya 637 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi

“UzAuto Motors” ning sof foydasi bir yil ichida deyarli ikki baravar kamaydi

Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, “UzAuto Motors” 637 mlrd so‘m sof foyda oldi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga (1,3 trln so‘m) nisbatan deyarli ikki baravar kam.

Kompaniyaning yillik tushumi 11,6 trln so‘mdan 9,7 trln so‘mga tushdi. Shu bilan birga, foizli daromadlar 253 mlrd so‘mdan 284,1 mlrd so‘mgacha ko‘tarildi.

“UzAuto Motors” ning uzoq muddatli investitsiyalari hajmi mart oyi oxirida 2,2 trln so‘mdan, qisqa muddatli investitsiyalari esa 933,1 milliard so‘mdan oshib ketdi.

Yil boshidan 1-aprelgacha kompaniya ichki bozorda qariyb 41 ming dona avtomobil sotdi. Asosiy talab Cobalt, Damas va Tracker rusumlariga to‘g‘ri keldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi