UzAuto Motors $350 mlnlik yevrobondlarni joylashtirdi

Obligatsiyalar London fond birjasida 2030-yilgacha bo‘lgan muddat bilan chiqarildi

UzAuto Motors $350 mlnlik yevrobondlarni joylashtirdi

UzAuto Motors kompaniyasi London fond birjasida umumiy qiymati $350 mln bo‘lgan 5 yillik yevrobondlarni joylashtirdi. Bu haqda prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov ma’lum qildi.

Jalb etilgan mablag‘lar korxonaning aylanma aktivlar yetishmovchiligini bartaraf etishga yo‘naltiriladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha yillik stavka 7,375%ni tashkil etdi. Jarayon tashkilotchilari sifatida Citigroup Global Capital Markets, J.P. Morgan Securities hamda Société Générale xalqaro moliyaviy institutlari qatnashdi.

Obligatsiyalarga investorlar talabi taklif hajmidan ikki baravar yuqori bo‘ldi. Bu avtomobil ishlab chiqaruvchining xalqaro qarz bozoriga ikkinchi chiqishi hisoblanadi. Kompaniya ilk bor 2021-yil bahorida $300 mln mablag‘ni 4,85% yillik stavka bilan jalb qilgan edi. Natijada yangi qimmatli qog‘ozlar daromadliligi 1,5 baravar oshdi, investorlar talabi esa birinchi emissiyaga nisbatan qariyb ikki baravar kamaydi.

Kompaniyaning o‘tgan yil birinchi yarim yilligidagi moliyaviy ko‘rsatkichlari pasayishni ko‘rsatdi. UzAuto Motors’ning sof foydasi 27,5%ga kamayib, 1,38 trln so‘mni tashkil etdi (avvalgi yilning mos davrida — 1,91 trln so‘m). Tushum ham qariyb 9,5%ga qisqarib, 21,2 trln so‘mga tushdi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish tannarxi atigi 6,36%ga kamayib, 17,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi