Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlar tez orada boshlashini ma’lum qildi

Avvalroq ikki kompaniyaning davlat ulushlari 2025-yil oxiri va 2026-yil boshida xususiylashtirish rejalashtirilgan edi

Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlar tez orada boshlashini ma’lum qildi

17-sentabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain kompaniyalaridagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda agentlik direktorining o‘rinbosari Alisher Miraliyev Cbonds’ning “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VIII xalqaro konferensiyasida qayd etdi, deb xabar bermoqda Kapital.uz muxbiri.

Tez orada ikkita davlat kompaniyasi — UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain bo‘yicha tenderlarni e’lon qilamiz, — dedi agentlik direktorining o‘rinbosari.

Avvalroq Prezident qaroriga muvofiq UzAuto Motors’dagi 99,7% va UzAuto Motors Powertrain’dagi 100% davlat ulushlarini 2025-yil oxiri va 2026-yil boshida xususiylashtirish rejalashtirilgan edi.

2026-yil aprel oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodov yirik davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorgarlik jarayoni, jumladan, UzAuto Motors va uning tarkibidagi korxonalar, “Navoiyazot” hamda issiqlik elektr stansiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida Prezidentga axborot bergan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda shifokorlarga to‘rt baravar eng kam ish haqi miqdorida ustama to‘lanadi
/
O‘zbekistonda shifokorlarga to‘rt baravar eng kam ish haqi miqdorida ustama to‘lanadi
O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi
/
O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari orasida birinchi o‘ringa chiqdi
Shavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyalarini Qoraqalpog‘istondagi sunʼiy intellekt xabiga taklif qildi
/
Shavkat Mirziyoyev Koreya kompaniyalarini Qoraqalpog‘istondagi sunʼiy intellekt xabiga taklif qildi