O‘zbekistonda uy-joy savdosi 21% ga oshdi

2026-yil boshidan buyon mamlakatda qariyb 197,4 mingta uy-joy oldi-sotdisi amalga oshirildi

O‘zbekistonda uy-joy savdosi 21% ga oshdi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishda davom etmoqda. 2026-yil iyul oyida mamlakatda 26,3 mingta uy-joy oldi-sotdisi amalga oshirildi, bu iyun oyiga nisbatan 4% ga ko‘p. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Yil boshidan buyon mamlakatda qariyb 197,4 mingta uy-joy savdosi amalga oshirilgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 34,3 mingta yoki 21% dan ziyodga ko‘p.

Markaz tahliliga ko‘ra, ko‘chmas mulk savdosining o‘sishi mamlakatning aksariyat hududlarida kuzatilgan.

Eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida 31,6% ni, Sirdaryo viloyatida 30,7% ni va Navoiy viloyatida 25,5% ni tashkil etgan. Mazkur hududlardagi ko‘rsatkichlar respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lgan.

Markazning qayd etishicha, ushbu dinamika ko‘chmas mulk bozorida faollik yuqori darajada saqlanib qolayotgani va uy-joyga talab barqaror ekanini ko‘rsatadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
/
Markaziy bank sentabr oyida 8 ta bankka jarima qo‘lladi
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
/
Toshkentda yer hujjatlarini rasmiylashtirish uchun $840 ming talab qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi