O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport uchun ijara to‘lovi eng kam stavkalari oshirilishi mumkin

Xususan, Toshkent shahrida turar joy ijarasining kvadrat metri uchun oyiga 30 ming so‘mdan undiriladi

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtotransport uchun ijara to‘lovi eng kam stavkalari oshirilishi mumkin

O‘zbekistonda kelasi yil uchun mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasiga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini oshirish taklif etilmoqda.

Bunda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ijara to‘lovining minimal stavkalarini 7% ga indeksatsiya qilish rejalashtirilgan.

Turar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilanishi kutilmoqda (1 kvadrat metr uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida — 30 ming so‘m (hozir 28 ming so‘m);
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida — 14,5 ming so‘m (hozir 13,5 ming so‘m);
  • boshqa aholi punktlarida — 5,9 ming so‘m (hozir 5,5 ming so‘m).

Noturar joyni ijaraga berish bo‘yicha eng kam stavka quyidagicha belgilanishi mumkin (1 kvadrat metr uchun oyiga):

  • Toshkent shahrida — 48  ming so‘m (hozir 45 ming so‘m);
  • Nukus shahri va viloyat markazlarida — 28,4 ming so‘m (hozir 26,5 ming so‘m);
  • boshqa aholi punktlarida — 11,8 ming so‘m (hozir 11 ming so‘m).

Yengil avtomobilni ijaraga berishning eng kam stavkasi oyiga 918 ming so‘m (hozir 858 ming so‘m), mikroavtobus, avtobus va yuk avtomobili uchun 1 mln 824 ming so‘m (1 mln 705 ming so‘m edi) etib belgilash taklif etilgan.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, ushbu stavkalar jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solish maqsadida qo‘llanadi hamda ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno) nisbatan tatbiq etiladi.

2025-yilda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llanadigan ijara to‘lovining minimal stavkalari 10−12% ga indeksatsiya qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi