Urgut tumanida 100 ming aholiga mo‘ljallangan eko shahar quriladi

Yangi shaharda infratuzilma obyektlarini qurish va tadbirkorlik loyihalari uchun $50 mln ajratiladi

Urgut tumanida 100 ming aholiga mo‘ljallangan eko shahar quriladi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko shahar barpo etiladi. Bu haqda 25-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Yig‘ilishda prezident Urgut tumani markazidagi 24 ta mahallada 100 mingga yaqin aholi istiqomat qilishini, bu — ba’zi bir shaharlar aholisidan ko‘pligini qayd etdi.

Hududdagi aholi uy-joy, kanalizatsiya, ichimlik suvi, maktab, bog‘cha, shifoxona, biznes infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalar yechimini anchadan beri kutayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun prezident Urgut markaziga “Yangi O‘zbekiston” qiyofasini olib kirib, mamlakatdagi zamonaviy va ko‘rkam shaharlardan biriga aylantirish bo‘yicha alohida qarorni imzolagani ma’lum qiindi.

Tumanning Quyi Kamangaron mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududdan 90 gektar qo‘shimcha joy ajratib, 100 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy eko-shahar barpo etilishi e’lon qilindi.

Yangi shaharda yo‘l, suv, kanalizatsiya, elektr, maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqa infratuzilma obyektlarini qurish, tadbirkorlik loyihalari uchun $50 mln ajratiladi.

Yangi shaharning 3 gektar maydonida tumanning 35 ta tashkiloti uchun yagona ma’muriy markaz qurib beriladi. Ularning bo‘shagan binolari esa biznes uchun xususiy sektorga taklif qilinadi.

Prezident yirik sanoat korxonalarining o‘z ishchilari uchun korporativ buyurtma asosida bunday uylarni sotib olish bo‘yicha tashabbuslarini ma’qulladi. Keyingi yildan bunday korxonalarni rag‘batlantiradigan mexanizmlar joriy qilinadi va butun respublikaga tatbiq etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi