O‘zbekistonda 2030-yilgacha uran qazib olish hajmini 20 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan

Mamlakatda aniqlangan uran zaxiralari 139 ming tonnani tashkil qilmoqda

O‘zbekistonda 2030-yilgacha uran qazib olish hajmini 20 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish rejalashtirilmoqda.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakili Anvar Namozovga ko‘ra, 2025-yilda mamlakatda 7 ming tonnadan ortiq uran qazib olingan. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkichni deyarli ikki barobar oshirib, 12,5 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Uzoq muddatli maqsadlarga ko‘ra, 2030-yilgacha uran ishlab chiqarish hajmini 20 ming tonnadan oshirish ko‘zda tutilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil yakunida O‘zbekistonda aniqlangan uran zaxiralari 139 ming tonnaga yetgan. Shu bilan birga, Jahon yadroviy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatda 4 ming tonna uran qazib olingan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, global geosiyosiy jarayonlar fonida uran strategik resurs sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
/
UzAuto Motors’ning bozordagi ulushi 47,1% gacha pasaydi
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi