O‘zbekistonda yangi qaror bilan unitar korxona shakllarini tugatish belgilanmoqda

Shuningdek, MCHJlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab bekor qilinmoqda

O‘zbekistonda yangi qaror bilan unitar korxona shakllarini tugatish belgilanmoqda

7-fevral kuni ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi

Unga ko‘ra, unitar korxona va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shakllarini tugatish belgilanmoqda. 

Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi talab ham bekor qilinmoqda. 

Yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etishda korxonalarning huquq va majburiyatlari topshirish hujjatida aks ettirilgan yoki aks ettirilmaganligidan qat’iy nazar qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsga o‘tkaziladi. 

Korporativ shartnoma, konsorsium va konsorsium shartnomasi kabi institutlarning huquqiy maqomini belgilanadi. 

Xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining aksiyalar, korporativ obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorlari huquqiy hujjatlarga muvofiq muhim fakt sifatida oshkor etiladi. 

Qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog’ozlar chiqarilishi davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, shuningdek, qimmatli qog’ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya berilganligiga taalluqli axborotni e’lon qilinib boriladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi