O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirmoqda

Ikki davlat vakillari Fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tiklashni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Turkmaniston to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

22-avgust kuni Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Rahbarlar ishtirokida bir qator hujjatlar, jumladan, Ilhom Mahkamov va Türkmenhowaýollary (Turkmenistan Airlines) davlat xizmati raisi Dovran Saburov o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.

O‘zbekiston Transport vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.

Hozir O‘zbekistondan Turkmanistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘q… Bugun biz hujjatni imzoladik va yaqin kelajakda ularni mamlakatlarimiz o‘rtasida ishga tushirish imkoniyati paydo bo‘ladi, — dedi Mahkamov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi