O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

Transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi

Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko’rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:

  • avtomobil, temir yo‘l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;
  • transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;
  • konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish; 
  • Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O‘zbekistonning o‘rnini 55-pog’onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish;

Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo‘llanadi. 

2025-yil 1-iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.

Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlari tashkil etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan biznes uchun to‘liq raqamli ish haqi loyihasini ishga tushirdi
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
/
O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida Biznes kengashi tashkil etiladi
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi
/
1-iyulda mudofaa tizimi xodimlarining ish haqi 20% ga oshiriladi