Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi

“Valid Trading” kimoshdi savdosida 522,7 mlrd so‘m taklif qilib g’olib bo‘ldi 

Toshkentdagi yirik yer uchastkasi 10 daqiqada sotildi

3-yanvar kuni E-auksion platformasida Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Alisherobod” mahallasida joylashgan yer uchastkasini sotish bo’yicha auksion bo‘lib o‘tdi.

Auksion 10 daqiqadan sal ko‘proq davom etdi, uning davomida “Valid Trading” yagona taklifni taqdim etdi. U lot uchun 522,7 mlrd so‘m taklif qildi, bu esa boshlang’ich qiymatidan 5% ga ko‘p hisoblanadi.

Yer uchastkasi haqida ma’lumot

Yangi O‘zbekiston, Binokor va Yasorat ko‘chalari o‘rtasida joylashgan 25,5 gektarlik yer uchastkasi to‘g’ridan-to‘g’ri qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportining ro‘parasida joylashgan. Obyekt elektr energiyasi, suv ta’minoti va gaz tarmoqlarini o‘z ichiga olgan zarur infratuzilmaga to‘liq ulangan.

Ushbu hududda balandligi 4 qavatdan 6 qavatgacha bo‘lgan ko‘p qavatli uylar, shuningdek, ofis binolari, mehmonxonalar, savdo va maishiy obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Uchastka 49 yil muddatga ijaraga beriladi. Auksion g’olibi birinchi to‘lovni 15 ish kuni ichida, qolgan summani esa uch yil ichida to‘lashi shart.


G’olib kompaniya haqida

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Valid Trading” 2019-yilda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ro’yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning asosiy faoliyati ulgurji savdo bo‘lib, ustav kapitali 1,04 mlrd so‘mni tashkil etadi. Korxonaning yagona muassisi Voris Abduvaliyev hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston yanvar-dekabr oylarida 5,9 mln tonna sement sotgan
/
O‘zbekiston yanvar-dekabr oylarida 5,9 mln tonna sement sotgan
Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan
/
Xitoy 2024-yilda 400 mingdan ortiq foydanilgan avtomobilni eksport qilgan
Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi
/
Haydovchilarga o‘zini o‘zi band qilish orqali taksichilik qilishiga qayta ruxsat beriladi