Toshkentning Kichik halqa yo‘lida ikkinchi “yashil yo‘lak” ishga tushirildi

Yo‘lning 1,7 kilometrlik qismida svetoforlar sinxronlashtirildi va o‘tish vaqti 5 daqiqadan 2 daqiqa 45 soniyagacha qisqardi

Toshkentning Kichik halqa yo‘lida ikkinchi “yashil yo‘lak” ishga tushirildi

Toshkentning janubi-g‘arbiy qismida poytaxtdagi ikkinchi “yashil yo‘lak” ishga tushirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Yangi “yashil yo‘lak” Kichik halqa avtomobil yo‘lining Bog‘ibuston ko‘chasi (Yakkasaroy RESi yaqinidan)dan “Chilonzor” metro bekatigacha bo‘lgan 1,7 kilometrlik qismini qamrab oladi. Mazkur yo‘nalishdagi beshta chorrahada svetoforlar harakati qayta hisoblanib, o‘zaro sinxronlashtirildi.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu “yashil yo‘lak” poytaxtda ilk bor sutkaning 24 soati davomida va har ikki yo‘nalishda bir vaqtda ishlaydi. Bunga ikki tomondagi transport oqimining deyarli bir xil bo‘lishi imkon yaratgan.

Svetoforlar qayta sozlanishidan oldin ushbu masofani bosib o‘tish o‘rtacha 5 daqiqa vaqt olgan bo‘lsa, “yashil yo‘lak” ishga tushirilgach, bu ko‘rsatkich 45% ga qisqarib, 2 daqiqa 45 soniyani tashkil etdi.

Markazning ta’kidlashicha, haydovchilar 40–60 km/soat tezlikda harakatlanganda, mazkur uchastkadagi chorrahalardan to‘xtamasdan o‘tishi mumkin.

Hozirda poytaxtning boshqa ko‘chalarida ham “yashil to‘lqin” tizimini joriy etish bo‘yicha hisob-kitob va sozlash ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Toshkentdagi birinchi “yashil yo‘lak” Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida — “To‘ra buva” masjidi (Sultoniya ko‘chasi chorrahasi)dan Salom ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda ishga tushirilgan edi. Unda ertalab transport oqimiga shahar markazi tomon, kechqurun esa teskari yo‘nalishda ustuvorlik beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oltin qazib olishning boshlang‘ich narxi 41,2 mln so‘mgacha oshirildi
/
Oltin qazib olishning boshlang‘ich narxi 41,2 mln so‘mgacha oshirildi
Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi
/
Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi