Oltin qazib olishning boshlang‘ich narxi 41,2 mln so‘mgacha oshirildi

Hukumat yer qa’ridan foydalanish huquqini onlayn auksion orqali sotish bo‘yicha boshlang‘ich narxlarni qayta ko‘rib chiqdi

Oltin qazib olishning boshlang‘ich narxi 41,2 mln so‘mgacha oshirildi

Vazirlar Mahkamasi yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini onlayn auksionlar orqali realizatsiya qilish uchun belgilangan boshlang‘ich narxlarni oshirdi. Tegishli qaror Lex.uz portalida e’lon qilindi.

Yangi tartib foydali qazilmalar mavjud uchastkalar bo‘yicha auksionlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Qarorga ko‘ra, qimmatbaho metallarni yakka tartibda qazib olish uchun yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqining 1 gektari bo‘yicha boshlang‘ich narx 100 BHM etib belgilandi. Amaldagi BHM miqdorida bu 41,2 mln so‘mni tashkil etadi. 1-sentabrdan esa BHM oshishi hisobiga ushbu summa 44 mln so‘mga yetadi.

Avval ushbu narx 35 BHM, ya’ni 14,42 mln so‘m edi.

Shuningdek, uglevodorodlar, oltin va boshqa rudali foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun boshlang‘ich to‘lov stavkasi qazib olingan xomashyo qiymatining 0,15% idan 0,6% igacha oshirildi.

Norudali foydali qazilmalar uchun esa qazib olish hajmiga bog‘langan 0,3% lik yangi stavka joriy etildi.

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha geologik qidiruv ishlari uchun boshlang‘ich narxlar quyidagicha o‘zgardi:

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi
/
Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
/
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi