Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi

Majmua bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega

Samarqandda $22 mlnlik yangi sayyohlik majmuasi ish boshladi

Samarqand viloyatining Mironqul qishlog‘ida Edelweiss Resort & SPA sayyohlik majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi ma’lum qildi.

Majmua 40 gektar maydonda barpo etilgan bo‘lib, 160 o‘rinli mehmonxonani o‘z ichiga oladi. Unda turli toifadagi xonalar, yozgi va qishki suzish havzalari, SPA va sog‘lomlashtirish markazi, davolash xonalari hamda sayr hududlari tashkil etilgan.

Loyiha doirasida 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Majmua bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha mehmonga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Samarqand viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, majmua qurilishiga $22 mln investitsiya yo‘naltirilgan.

Samarqandda yangi turistik maskan ochildi

Loyiha faqat sayyohlik majmuasi bilan cheklanmagan. Uning doirasida majmuaga olib boruvchi 4 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘prik barpo etilgan. Shuningdek, 50 mingdan ortiq manzarali daraxt va butalarni sug‘orish uchun suv ta’minoti hamda tomchilatib sug‘orish tizimi o‘rnatilgan.

Majmuaning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev hamda turizm sohasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ushbu loyiha hududning turizm salohiyatini oshirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ahamiyati qayd etildi.

Viloyat hokimi hududda shunga o‘xshash zamonaviy turizm obyektlarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidlab, bunday loyihalar xorijiy sayyohlar oqimini oshirish va ularning O‘zbekistonda qolish muddatini uzaytirishga xizmat qilishini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
/
Toshkentga 2027-yilgacha $19 mlrd investitsiya jalb qilinadi
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
/
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam
/
Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam