Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam

“Universal bank” ATB xizmatlari markazlarida zamonaviy elektron navbat tizimi, qulay kutish zallari, mijozlarga tezkor maslahat berish xizmatlari tashkil etilgan

Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam

So’nggi yillarda mamlakatimizda bank-moliya tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, bank xizmatlari sifati va ommabopligini oshirish hamda aholining bank tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2020–2025-yillarda O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasi” hamda “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi O’RQ–582-son Qonuni bank tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy bank xizmatlarini kengaytirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bilan birga mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilashning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.

Mazkur islohotlar ijrosi doirasida “Universal bank” ATB tomonidan ham aholiga yanada sifatli, tezkor va zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bankning Amaliyot boshqarmasi, filiallari, Bank xizmatlari markazlari (BXM) hamda Bank xizmatlari ofislari (BXO) faoliyati yagona xizmat ko’rsatish standartlari asosida tashkil etilgan bo’lib, barcha tarkibiy bo’linmalarda mijozlarga qulay sharoit yaratish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Bugungi kunda bankda biznes jarayonlarini optimallashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bosqichma-bosqich qisqartirish, mijoz murojaatlarini ko’rib chiqish muddatlarini kamaytirish hamda xizmatlarni maksimal darajada soddalashtirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, filiallar hamda Bank xizmatlari markazlarida zamonaviy elektron navbat tizimi, qulay kutish zallari, mijozlarga tezkor maslahat berish xizmatlari tashkil etilgan bo’lib, xizmat ko’rsatish sifati doimiy monitoring asosida baholab boriladi. Bu esa har bir murojaatning o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va mijozlarning vaqtini tejashga xizmat qilmoqda.

Bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun omonatlar, bank kartalari, pul o’tkazmalari, hisob-kitob xizmatlari va boshqa bank mahsulotlari bo’yicha xizmatlar doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Xizmatlarni ko’rsatish jarayonlarining soddalashtirilishi fuqarolar va tadbirkorlar uchun bank xizmatlaridan foydalanishni yanada qulaylashtirmoqda.

Bank tizimidagi islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri — aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hisoblanadi. Shu maqsadda “Universal bank” ATB tomonidan rasmiy veb-sayt, Universal Mobile mobil ilovasi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali bank mahsulotlari, moliyaviy xavfsizlik, firibgarlikning oldini olish hamda bank xizmatlaridan to’g’ri foydalanish bo’yicha muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali ko’plab xizmatlardan masofadan foydalanish imkoniyati kengaymoqda. Bu esa nafaqat mijozlar vaqtini tejaydi, balki bank xizmatlarining ommabopligini yanada oshirib, hududlardan qat’i nazar barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bank islohotlarining bosh maqsadi — inson manfaatlarini ta’minlash, aholining bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va bank tizimining xalqaro standartlarga mos rivojlanishiga erishishdir.

“Universal bank” ATB ham mazkur islohotlarni amaliyotga izchil tatbiq etib, zamonaviy boshqaruv tizimlari, innovatsion texnologiyalar hamda mijozlarga yo’naltirilgan xizmat ko’rsatish tamoyillari asosida faoliyatini muntazam takomillashtirib bormoqda.

Natijada aholiga yanada tezkor, shaffof, ishonchli va qulay bank xizmatlarini taqdim etish, mijozlar ehtiyojlarini to’liq qondirish hamda bank tizimiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash yo’lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
/
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
Yarim yilda O‘zbekistonda 171 mingdan ortiq ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi tuzildi
/
Yarim yilda O‘zbekistonda 171 mingdan ortiq ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi tuzildi
O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so‘mdan pastladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 ming so‘mdan pastladi