Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘llarini yangilashga $300 mln sarmoya kiritdi

Loyiha doirasida 200 km ko‘chalar rekonstruksiya qilinadi va to‘rtta yo‘l o‘tkazgich quriladi

Xitoy kompaniyasi Toshkent yo‘llarini yangilashga $300 mln sarmoya kiritdi

Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov poytaxtning ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini keng miqyosda yangilash uchun Xitoyning “CSCEC” korporatsiyasidan $300 mln mablag‘ jalb etilishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Shota Rustaveli ko‘chasini to‘liq qayta qurish ishlari allaqachon boshlanib ketgan. Kelajakda 200 kilometr yo‘lni ta’mirlash va qurish hamda to‘rtta yo‘l o‘tkazgich barpo etish rejalashtirilmoqda. Ko‘chalar zamonaviy va sarishta ko‘rinishi uchun barcha ishlar bir binodan ikkinchisigacha kompleks tarzda olib boriladi.

Shuningdek, u prezident topshirig‘iga binoan qurilish me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritilayotganini ta’kidladi. Endi kapital ta’mirlash paytida ilgarigidek faqat yo‘lning qatnov qismigina emas, balki unga tutash hududlar ham obodonlashtiriladi. Yangi yondashuv shaharda tashlandiq joylar bo‘lmasdan, uning yaxlit va uyg‘un qiyofasini ta’minlashi lozim.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum yilning birinchi yarmida qariyb 900 mlrd so‘m soliq to‘ladi
/
Uzum yilning birinchi yarmida qariyb 900 mlrd so‘m soliq to‘ladi
O‘zbekistonda ishbilarmonlik turizmi tashkilotchilariga QQSning 50%i qaytariladi
/
O‘zbekistonda ishbilarmonlik turizmi tashkilotchilariga QQSning 50%i qaytariladi
Etihad Airways Toshkentga parvozlarni rejalashtirilganidan bir hafta oldin boshlaydi
/
Etihad Airways Toshkentga parvozlarni rejalashtirilganidan bir hafta oldin boshlaydi