Toshkent — Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Parvozlar 2026-yil mayidan haftasiga bir marta amalga oshirilishi kutilmoqda

Toshkent — Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Toshkent va Yerevan o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha muntazam reyslar 2026-yil may oyidan boshlanishi mumkin. Dastlab parvozlar haftasiga bir marta Boeing 737 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda. Yangi yo‘nalish ikki davlat o‘rtasidagi turistik va biznes aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Avval ushbu yo‘nalishda yo‘lovchilar Moskva, Istanbul yoki Tbilisi orqali tranzit reyslar bilan qatnashiga to‘g‘ri kelgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi esa safar vaqtini qisqartirib, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.

Reyslarni Armanistonning Shirak Avia aviakompaniyasi amalga oshirishi rejalashtirilmoqda. Kompaniya 2019-yildan buyon faoliyat yuritib, xalqaro yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Uning aviaparki Boeing 737 oilasiga mansub samolyotlardan iborat.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
/
OSON Ostona xalqaro moliya markazidan dastlabki rozilikni oldi
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
/
Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo’lini Turkiya qadar uzaytirish taklif qilindi
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi
/
SOCAR O‘zbekistondan neftni Qora dengiz orqali tranzit qilishni yo‘lga qo‘ydi