Toshkentning barcha tumanlariga tezyurar elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Buning uchun jami $2,5 mlrdga teng investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan

Toshkentning barcha tumanlariga tezyurar elektr poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent viloyatining barcha tumanlarini poytaxtga tezyurar elektr poyezdlari orqali ulash rejalashtirilmoqda. Bu topshiriq Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-sentabr kuni viloyat rahbarlaridan tashqari Toshkent shahri va tumanlari hokimlari ham ishtirok etgan Toshkent viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda berildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida islohotlar shtabi tashkil etilgan. Yig‘ilishda shtab tomonidan tayyorlangan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Jami $2,5 mlrdga teng investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan. Ularning amalga oshirilishi 11 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minlash, $434 mlnlik eksport salohiyatini yaratish imkonini beradi, ta’kidlandi xabarda.

Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik iste’mol va xizmatlar bozorini, ya’ni poytaxtimizni har tomondan o‘rab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni to‘liq ishga solib, investitsiya, eksport va ish o‘rni ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirsa bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi