Toshkent—Nukus tezyurar poyezdi qatnovi kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi

Natijada safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi

Toshkent—Nukus tezyurar poyezdi qatnovi kelasi yil mart oyidan yo‘lga qo‘yiladi

18-sentabr kuni Nukus shahrida Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘istonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani ta‘kidlandi.

Bo‘zatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qo‘ng‘irotda bolalar shifoxonasi va tug‘uruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va To‘rtko‘lda har biri 2 ming o‘rinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan $384 mln hisobiga A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irotdan o‘tgan 240 kilometri to‘liq beton qoplamaga o‘tkazildi. Kecha yo‘lning To‘rtko‘l, Ellikqal‘a va Beruniydan o‘tgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati $233 mln.

Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. To‘rtko‘lga kirgan yuklar Qozog‘iston chegarasiga bir sutka o‘rniga 10 soatda yetib boradi.

Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

“Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmog‘ini tortish boshlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
/
Qahramonjon Olimov atrofidagi xabarlarga Anorbank va Markaziy bank izoh berdi
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
/
Toshkentda samolyotlarga aviakerosin quyish majmuasi sotuvga chiqarildi
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi
/
TBC Uzbekistan avtomobil xaridi uchun TBC Avto xizmatini ishga tushirdi