Toshkent shahri dizayn kodi haqidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Loyiha shahar arxitekturasi, reklama va peshlavhalar, obodonlashtirish hamda tarixiy muhitni yagona qoidalar asosida tartibga solishni nazarda tutadi

Toshkent shahri dizayn kodi haqidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Toshkent shahri xalq deputatlari kengashining poytaxtning dizayn-kodini joriy qilish va amalga oshirishni tartibga soluvchi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Qaror 25-dekabr kuni kengash tomonidan ko‘rib chiqilgandi.

Poytaxtning dizayn kodi shaharsozlik loyihalarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tahliliy va loyiha markazi bo‘lgan Citymakers International va Toshkent Invest Kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Dizayn kod quyidagilarni tartibga soladi:

  • binolar arxitekturasi: materiallar, rang yechimlari, fakturalar, fasadlar, vitrinalar va kirish qismlarini bezash;
  • peshlavhalar va reklama: o‘lchamlari, shriftlari, yoritilishi va ruxsat etilgan joylashuvi;
  • obodonlashtirish: trotuarlar, ko‘cha yoritgichlari, o‘rindiqlar, axlat qutilari, ko‘kalamzorlashtirish elementlari;
  • ko‘cha elementlari: to‘siqlar, yo‘l ko‘rsatkichlari, jamoat transporti bekatlari, kichik me’moriy shakllar;
  • tarixiy muhit: yodgorliklar va tarixiy hududlarning me’moriy qiyofasini saqlab qolish chora-tadbirlari.

Vizual tartibga solishdan tashqari, hujjatda yondosh hududlardan oqilona va tartibli foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqiladi, shuningdek, ularning ijtimoiy va shahar ahamiyatini hisobga olgan holda alohida rejimli turistik ko‘chalar ro‘yxati ham belgilanadi.

Jamoatchilik muhokamasi 10-yanvargacha davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi