10.12.2025 | 11:04
Toshkentda metrosining to‘rtta bekatida yopiq turgan vestibyullar 11-dekabrdan ochiladi
Bu yo‘lovchi oqimining ortib borayotgani hamda aholining talab va istaklari bilan bog‘liq
Toshkent metrosining 4 ta bekatida yopiq turgan kirish-chiqish vestibyullari ochiladi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.
Yo‘lovchi oqimining ortib borayotgani hamda shahar aholisining talab va istaklari tufayli 11-dekabrdan boshlab quyidagi bekatlardagi vestibyullar yo‘lovchilar uchun qayta ochiladi:
- “O‘zbekiston”;
- “Mashinasozlar”;
- “G‘afur G‘ulom”;
- “Milliy bog”.
Kompaniyaning qayd etishicha, yo‘lovchi oqimi kamligi sababli mazkur vestibyullar uzoq yillar davomida yopiq bo‘lgan. Hozirda ularda texnik yangilash ishlari yakunlanib, bekatlar kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ